Nikoh ko‘p tashvish tug‘diradi. Ammo nikohsiz turmushda ham hech qanday shodlik yo‘q.

Har kim hodisalardan ibrat ola bilsa, boshi qattiq otga o‘xshagan bu falak unga bo‘ysuna beradi.

Динингизни яхшилаб ўрганинг ва унга мувофиқ яшанг. Акс ҳолда ўтказаётган ҳаётингизни дин шу бўлади, деб тушунадиган бўлиб қоласиз.

O’zgalar ustidan hukmronlik da’vo qiluvchi odam avvalo o‘zini boshqara bilmog‘i lozimdir.

Injiqliklarimizga doim pul topamiz, faqat foydali yoki kerakli narsalargagina pulni siqamiz.

Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.

Dunyoni ko'r, sayr qil, ichiga kir. Ammo ehtiyot bo'l-dunyo sening ichingga kirmasin.

Eng dovyurak odam ham, toki unda qat’iy e’tiqod yo‘q ekan, nomardga aylanishi mumkin.

Esda tuting! Yaxshi hayot miqdoriy ko'rsatkichlar emas, yaxshi hayot - bu pozitsiya, bu harakat, bu g'oya, bu kashfiyot, bu izlanish.

Yo asling kabi ko`rin yo ko`ringaning kabi bo`l.

G'aming oshsa, daryo yoqala, Shodlik oshsa, mozor yoqala.

Ҳар қандай доноликнинг замини - сабр - қаноат.

Pullar sizni o‘zgartirmaydi, ular sizning aslida kim ekaningizni yuzaga chiqaradi.

"Inson o‘z kuchidan foydalanmaguncha, nimaga qodirligini bilmaydi." 🔹Gyote

Mag‘lubiyatga uchrab, azoblansa ham yashash uchun kurashib, zulmat iskanjasidan yorug‘likka yetib kelganlar aslida eng ko‘rkam va munosib insonlardir. Ular odamlarni oson tushunadilar, his qiladilar, muloyimlik va jonkuyarlik bilan boshqalarning yarasiga malham bo‘lishga intiladilar. Bunday odamlarning kamol topishi hayotning noyob hodisasi.

“Mana Buyuklar” kanali