Aylana – geometriyaning qalbidir. Aylanani o’rganing, shunda siz nafaqat geometriyaning qalbini, balki o’z qalbingizni ham o’rgangan bo’lasiz.

Nazariya quruq og‘ochdir, do‘stim, lekin yashnar hayot daraxti.

Qorong'ulikni la'natlab yurgandan ko'ra bitta shamni yoqish osonroq.

Hayot - velosiped haydashga o'xshaydi. Muvozanatingizni saqlash uchun, harakat qilishda davom etishing kerak.

Эзгу тушунчалар ёвуз тушунчалар ўрнини эгалламоғи учун курашмоқдамиз.

Har qancha ajoyib va buyuk bo‘lmagin, hamma odamlar seni birdek yaxshi ko‘rishi amri maholdir.

Shon-sharaf mehnatning qo‘lida.

Dunyo (yurt) obodligi to‘rtta narsa sababidan: rahbarlar adolati, olimlar ilmi, boylar saxovati, muhtojlar duosi.

Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud (nopokliklardan) tozalanishdir.

Qaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.

Qomus millatning nomusidir.

G'amgin qaro kunda kimki senga yor, Shodlik kuningda uni unutma zinhor.

Kimki o‘zga tillarni bilmas ekan, o‘z tili haqida ham tasavvurga ega bo‘lmaydi.

“Ko‘zoynakli botanik”lar bilan yaxshi munosabatda bo‘lgin. Ulardan biri kelajakda senga rahbar bo‘lishi hech gap emas.

Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo'ladi.

“Mana Buyuklar” kanali