Камбағал ҳамма нарсани таклиф қилинган нарҳда сотиб олади. Бой эса арзонроғини излайди.

Dono qirollar dono maslahatchilarga ega bo‘lishlari zarur; va o‘z maslahatchilari donoligini baholay olish uchun o‘zlari ham dono bo‘lishlari darkor.

Yasama ezgulikdan yomoni yo‘q. Oshkora yomonlikdan ko‘ra odam yasama ezgulikdan ko‘proq nafratlanadi.

Inson bir nafas va bir soyadan boshqa narsa emas.

Shunaqa insonlar bo‘ladi: odamlar uning qanaqa odamligini tirikligida bilmaydi, hecham bilmaydi. Vafotidan keyin bilib qoladi...

Айтур ерда унутма, айтмас ерда ўзунгни мутукаллим тутма.

... jo’rttaga o’z so’zida turib olgan bilimsiz kishi bilan bahslashish na maqsad egasiga va na maqsadga biron foyda yetkazmaydi

Одам ўз гуноҳини бировнинг гуноҳи билан ювмоқчи бўлиши чакки, чунки гуноҳни гуноҳ ҳеч қачон юва олмайди.

Aforizmlar — falsafiy mushohadalarni ifodalashning deyarli eng qulay shaklidir

Hamma narsaning o‘rtamiyonasi a’lo. Mo‘l-ko‘lchilik ham, yetishmovchilik ham men uchun begonadir

Dushmaning hushomadga o‘tsa hushyor bo‘l.

Chorasizligi tufayli boshqa odamlarning niyatlari uchun yashaydigan odam yolg‘izlik va azobga mahkumdir.

Hayot seni ehtimol o‘z oldiga o‘tkazar, Undan yaxshi muallim topmasliging muqarrar.

Ikki er hayvon olishadi, o‘rtada pashsha yanchiladi.

Ishtiyoq tug‘diradigan hamma vasvaslarni qondirishdan ko‘ra, ishtiyoq yangi tug‘ilganda uni o‘ldirish kerak.

“Mana Buyuklar” kanali