Ingichka oh chorasizlik belgisidir. Va yo bemornikidir. Dardi og‘ir odam ko‘ksini to‘ldirib emas, dilidan shikasta oh chiqazur.

Kimnidir sevsang, uning ko‘zlarida hamisha quvonch chaqnayotganligini ko‘rging keladi.

Bilimlar mo‘lligiga emas, fikrlar mo‘lligiga intilmoq joiz.

Yashamoq yaralanmoqdir. Yaralanmoq ham go‘zal.

Ma'lumki ,ko'zguda hamma narsa teskari ko'rinadi , lekin u siz biz o'zimizni hech qachon ko'ra olamas edik.

Halol kasb qilish tog‘ni ko‘chirishdan og‘irdir.

Дедилар : Кўздан йироқ бўлган кўнгилдан хам йироқ бўлади, Дедимки: Кўнгилга кирган кўздан йироқ бўлса нима бўлади.

Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur.

Qabringiz ustida yig‘lay olishlari uchun farzandlaringizning ko‘z yoshini to‘kmang.

Uylanish bamisoli lotereya o‘yiniga o‘xshaydi. Ammo unda yutuqsiz chiptani yirtib tashlash imkoniyati yo‘q.

Maktabda ikkita asosiy fan bor-ona tili va geometriya. Biri kishini o’z fikrini tushunarli bayon qilishga , ikkinchisi -deduktiv fikrlashga o’rgatadi.

Mol-dunyoing seni aldamasin, chunki asragan mol-dunyoing boshqalarniki bo‘ladi. Ularni sarf eta olsang, o‘sha seniki bo‘ladi.

Oqil va odil rahbariyat yo‘q yerda odamlar oqil va odil bo‘lmaydi.

Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni Hizr bil.

O’z ko‘nglingni ko‘tarishning eng yaxshi yo‘li — kimningdir ko‘nglini ko‘tarishdir

“Mana Buyuklar” kanali