Alloh uchun gulxanga tushirilish bordir, lekin gulxanga otilmasdan Ibrohimdekmisan yoki yo‘qmi shuni aniqlab ol. Chunki gulxan Ibrohimlarni biladi va ularni yoqmaydi.
Haqiqiy do‘stlar qo‘l bilan ko‘z kabidirlar. Qo‘l og‘riganda ko‘z yig‘laydi, ko‘z yig‘laganida, qo‘l uni artadi.
Агар илмим инсоният севгисини ўргатмаса, бир жоҳил мендан минг чандон яхшироқдир!
Энг яхши сўз кўп бўлгани эмас, фойдалисидир.
“So‘rasak ham bermadi”, dema. So‘rashni bilmading, hech bo‘lmasa yolg‘on gapirma.
Yaxshi do‘sti borning oynaga ehtiyoji yo‘qdir.
Iymon namozdan yaxshiroqdir. Chunki namoz besh mahal farz, iymon esa har doim.
Bir insonning qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, u bilan birga o‘tirib-turgan do‘stlariga qara
Кўзни юмгил, кўзга айлансин кўнгил
Адабиёт дунёсида икки турли танқид бор: жиддий танқид ва ҳажвий танқид… Танқиднинг иккинчи хили бўлган ҳажвий (сатира маъноси билан) оммавий дейилса бўлади
Har narsaga siqilma ey kungil,na bu dardlar qoluvchi, na bu umr
Insonni otash emas, o‘z g‘aflati yoqar. Barchadagi kamchilikni ko‘rar-u, ammo o‘ziga ko‘rdek boqar. Nimaga qanday boqsang, u ham senga shunday boqar.
Tuproq kabi jim qolganimda bilki, chaqmoq qadar osmonni larzaga keltirmoqda faryodim.
Hojat emas, hammasini so‘zla bayon qilmoqqa, bir boqmoq ming so‘zdan yaxshidir anglaganga.
Davlatlar shoirlarning qalbida tug‘iladi, siyosatchilarning qo‘lida o‘sadi va o‘ladi.