Vaqt kutganlar uchun sekin, qo‘rqqanlar uchun tez o‘tsa, qayg‘uga botganlar uchun juda uzoq tuyiladi. U shod-xurramlar uchun juda qisqadek ko‘rinsa, oshiq qalblar uchun esa mangudek go‘yo.
Ko’rdimki, vaqtini “essiz”, “qaniydi”, “koshkiydi” lar bilan o’tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.
Hayotning naqadar qisqa ekanini anglash uchun inson uzoq yashamog'i kerak.
Hayot sizni hurmat qilmaydigan, minnatdor bo‘lmaydigan va qadrlamaydigan odamlarga sarflashingizga juda qisqalik qiladi.
Modomiki, hayot juda qisqa, bo‘sh vaqt esa juda oz ekan, biz uni sayoz kitoblarni o‘qishga isrof etmasligimiz kerak.
Qisqalik – iste’dodning singlisi.