Ehson qilgan kishining minnati ehsonini yo’qqa chiqaradi
Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi.
Юртни обод қиламан деган киши ўзи обод бўлади.
Barcha odamlar yanglishadilar, lekin buyuk kishilargina o‘z xatolarini tan oladilar.
To‘g‘ri va haq yo‘ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham mahobatliroq (haybatliroq)dir.
Kimki baxt-iqbolli, solih kishilarning etagiga yopishsa, u albatta murodu maqsadiga erishib, xayru baraka topar.
Kishi ilm talabida ekan u olimdir.
Ammo qachonki "men olim bo‘ldim" deb o'ylasa u johildir
Ayol kishiga eng haqqi kop kishi erdir, erkak kishiga eng haqqi kop kishi-- onasidir.
"Har nima bo`lsa aziz, eltur kishi mehmon sori".
Agar o‘z umrimni berib Muhammad ibn Ismoilning umrini uzaytira olganimda edi, buni albatta qilgan bo‘lardim. Sababi, mening o‘limim bir kishining o‘limi, uning o’limi esa ilmning ketishidir.
Agar sen muvaffaqiyatlarga erishishni istasang, atrofingga yuksak kishilarni to'pla
Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qo‘yishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yo‘llashiga hayo deyiladi.
Tirikchiligiga kifoya etarlik davlatga ega bo'lgan kishi undan ortiqchasini talab qilmasin, ortiqchasini talab qilgan kishi benihoya qayg'u alamlarga giriftor bo'ladi.
Kishilarga ma’lum bo‘lmasa ham, haqiqat haqiqatdir, ko‘r ko‘rmasa ham, kunduzi kunduzidir.
Kishining malomatga loyiq eng yomon sifati rashkchi bo’lmaganidir.