Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.

Do'stlik nishonasi balolardan, ofatlardan, mashaqqatlardan xursand bo'lish emasmi? Do'st oltin kabidir. Balo esa olovga o'xshaydi. Asl oltin olov ichida sof holga keladi.

Agar do‘stlik savdo-sotiqqa o‘xshab, ehtiyojga qarab axtarilsa, zarurat tug‘ilmagan chog‘da do‘stni nazarga ilmay, tashlab ketilsa, bu qanday do‘stlik bo‘ldi endi!

Doʻstlik eng katta lazzatlar manbaidir, va doʻstlarsiz eng qiziqarli izlanishlar ham zerikarli boʻlib qoladi.

Shodli va qayg‘uli paytlarida dilini kuduratdan tozalab, sof do‘stlikni saqlab qolgan kishi chin do‘st hisoblanadi.

“Mana Buyuklar” kanali