Aqlli kishi ikki yomon ishdan yaxshisini tanlab oladi va ikkita ishonchli kishining eng adolatlisiga yon bosadi.
Podshohlar o‘zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehtirom ko‘rsatishi zarur.
Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat – ibodatdan afzal.
Nimaiki qonuniy bo`lsa, o`sha adolatdandir
Adovat emas--- adolat yengadi.
Adolat Kuchga boysungan yurt-- vayron yurt. Kuch Adolatga boysungan yurt--bo`ston yurt.
Adolatli bo‘lish uchun ko‘p narsalarni bilish shart emas, ammo o‘taketgan adolatsiz ish qilish uchun esa qonunlarni atroflicha o‘rganib chiqishga to‘g‘ri keladi.
Adolatli tanqid — kelajakning mevasi, undan chiqarilgan to‘g‘ri xulosa — bugunning mevasi.
Men olimlarga, ilohiyotchilarga, faylasuflarga va tarixchilarga hurmat – ehtirom ko’rsatdim. Men ularni hurmat qildim va e’zozladim.
Tartibsizlikdan ko‘ra adolatsizlik ma’qul.
Obidning ibodati nafsini, odilning adolati olamni isloh etar.
Hokimiyat jilovi odil podshoh qo‘lida bo‘lsa, hamma adolatli bo‘lishga va yaxshi xislatlarni egallashga intiladi. Aksincha bo‘lsa, xalq yolg‘onchilik va boshqa yaramas hatti-harakatlarga moyillik ko‘rsatadi.
Adolat - odil bo‘lish, zolim bo‘lmaslik, nohaqlik qilmaslik juda ahamiyatli go‘zal axloq turlaridan hisoblanadi.
Qonun qonun bo‘lgani uchun emas, unda adolat mujassam bo‘lgani uchun qadrli.
O'n to'rt yoshimda ochlikka chiday olmay, bir burda non o'g'irladim. Meni tutib, 6 oylik qamoq jazosi berishdi va o'sha 6 oy tekinga osh-non berishdi. Bu dunyoning "adolati" ana shunday!