Har mamlakat va diyor sayohatchilariyu musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakatga va diyorga borib turish uchun savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular o‘shal mamlakatlarda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat hukmdorining o‘z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanligini aniqlasinlar.
Yomonlik – butun nuqsonlar majmuidir. Dunyoning ishlari
siyosatsiz tartibga tushmaydi. Agar ta’lim tarbiya va jazo
to’g’risida qonun-qoida bo’lmasa, mamlakat ishlari buziladi.
Agar qaysi yerda g‘arib xo‘rlansa, o‘sha mamlakat tezda vayron bo‘lur.
Olamni kashf qilishning yagona haqiqiy yo‘li, abadiy yoshlikning yagona favvorasi - notanish mamlakatlarni kezishdan emas, boshqa ko‘zlarni qo‘lga kiritishdan; olamga boshqa insonning, yuzlab boshqa insonlarning ko‘zlari bilan boqishdan; shu odamlar ko‘rayotgan yuzlab olamlarni ko‘rishdan; shu odamlarda mujassam bo‘lgan olamlarni ko‘rishdan iborat.
Biror mamlakat (hokimiyat) ishlarining orqaga ketishiga sabab — tuzuklariyu tartibotlarining susayishidandir.