Одам — тили билан бошқа ҳайвонлардан имтиёзлидир. Унинг тили орқали бошқа одамлардан афзаллиги билинади. Тил — шунча шарафи билан нутқнинг қуролидир. Агар нутқ номаъқул бўлиб чиқса — тилнинг офатидир.

Ustod aytibdir: — Ko‘cha gapiga kuch berganning Miyasi puch keladi!..

Xudo ko‘rsatmasin, agar seni og‘ir qayg‘u-hasratlarning kuchli yellari o‘rab olsa, unda dod-faryodu fig‘onlaring foyda bermas.

Бошни фидо айла ато қошиға, Жисмни қил садқа ано бошиға. Тун-кунингға айлагали нур фош, Бирисин ой англа, бирисин қуёш.

Urush – qo‘pol xatolar ro‘yxati.

Энг яхши сўз кўп бўлгани эмас, фойдалисидир.

Vaqt o'tgani sayin 30 dollar va 300 dollarlik soatlar bir vaqtni ko'rsatishini his qila boshlaysan !

Fikrimcha, qo'rslikning ham, jur'atsizlikning ham manbai bitta-bilimsizlik.

Borma aytmaganning dasturxoniga, Qo'l uzatsang, qadring tushar noniga.

Одам интиладиган чўққи тоғ чўққиси сингари, булутлар орасида эмас, ерда бўлади.

Kishini maqtash foydalidir, bu unda o‘ziga hurmat hissini oshiradi, o‘z ijodiy kuchlariga ishonchni kuchaytirishga yordamlashadi

Kambag`al, tul yetimlarning hollaridan xabardor bo`lib tur, ularni avaylasang, adolat mana shu bo`ladi.

Ro‘za tutish - qiyindir, azobdir. Ammo Alloh bandasini O‘zidan uzoqlashtirishidan, bir dardga giriftor qilishidan ko‘ra yaxshiroqdir.

Hamma ham nimagadir qodir. Gap shundaki, ko'pchilik kimligi va imkoniyatiga yetarli baho bermasligi tufayli orzulari sari olib boradigan qadamni bosishga jur'at qilmaydi. - Entoni Robins

Qabrlarni ziyorat qilinglar. Zero, qabrlarni ziyorat qilish sizga o'limni eslatadi.

“Mana Buyuklar” kanali