Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat.

Bir umr baxtli bo‘lishni istasang - halol umrni hamisha afzal ko‘r.

Kimdaki bir yaxshi xislat ko‘rsang undan ajramaginki, albatta, uning barokotidan senga ham naf yetadi.

Билимсиз, шубҳасиз, аниқ кўрдир, Кел, эй нодон, билимдан ҳисса ол.

Yomon xotin misoli go‘zal kiyingan chayonning o‘zidir.

Buyuk yozuvchi ichidan kelgan ovozni taroshlamay, qanday bo‘lsa shunday hayqirgan insondir. Buyuk yozuvchilar so‘z qo‘llashda avom saviyasi bilan hisoblashmaydilar.

Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay.

Ustod aytibdir: — Boylik to‘g‘ri taqsimlansa, Kambag‘al qaydan bo‘lsin?! Boshi qovushgan el nega kam bo‘lsin?! Yuqori-quyi tabaqa hamoqat bo‘lsa, taxtni kim to‘ntarsin?!

Bizni bilgan biladi, bilmagan o‘zi biladi.

"Har nima bo`lsa aziz, eltur kishi mehmon sori".

Kishilarga ma’lum bo‘lmasa ham, haqiqat haqiqatdir, ko‘r ko‘rmasa ham, kunduzi kunduzidir.

O‘rinsiz nasihat, kishini yaralaydi.

Xudbin odamniyu xudbinlikni kechirmaslik kerak. Inson qusurlarining jamisi shunda.

Yer yuzida shunday yashashga urinki, topgan puling faqat to‘g‘rilik orqali kelgan bo‘lsin! Abdibek Sheroziy

O‘tin yonsa kul bo‘ladi. Inson yonsa qul bo‘ladi.

“Mana Buyuklar” kanali