KING (King) Martin Lyuter (1929.15.1, Atlanta shahri, Jorjiya shtati — 1968.4.4, Memfis shahri, Tennessi shtati) — AQShda qora tanli aholining grajdanlik huquqlari uchun kurash rahbarlaridan biri, kuch ishlatmasdan, tinch yoʻl bilan kurashish usuli tashabbuskori. Baptistlar ruhoniysi (1954 yildan). "Xristian rahbarlarining jan. konferensiyasi" uyushmasining asoschisi (1957). Nobel tinchlik mukofoti laureati (1964). Irqchilar tomonidan oʻldirilgan.