Cho’lpon 1897-yili Andijon shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Cho’lpon boshlab eski maktabda, so’ng madrasada o’qiydi. Andijondagi rus-tuzem maktabida ta’lim oladi. Sharq adabiyoti, arab, fors tillarini o’zlashtiradi, rus tili va adabiyotini o’rganadi. Cho’lpon 10-yillarning o’rtalaridan ijtimoiy va ijodiy faoliyat bilan shug’ullana boshlaydi. U «Qalandar», «Andijonlik», «Cho’lpon» taxalluslari bilan matbuot nashrlarida maqola, she’r va turli xabarlar bilan chiqib turadi.