Ustod aytibdirki: — Mushohadasiz mutolaa — puch! Mutolaasiz mushohada — yovuz kuch!

Ustod aytibdir: — Hamiyatli er qat’iyatli keladi. Birovning yuzini yulmaydi, Nomard bilan osh-qatiq ham bo‘lmaydi!..

Ustod aytibdir: — Qashshoq o‘ktam kelsa, Qulga o‘t tekkani shul! Eldan himmat ketsa, Yurtga o‘t ketgani shul!

Ustod aytibdir: — Ko‘cha gapiga kuch berganning Miyasi puch keladi!..

Ustod debdirkim: — Gapni ko‘p qalashtirma, Donishmandni shoshirolmaysan. Ikir-chikirni aralashtirmay, Katta ishni amalga oshirolmaysan!

Ustod so‘zidirkim: — Komil kishi uch narsadan tashvish tortadi: Xudoning xohishi, avliyoning koyishi, ulug‘larning toyishidan!..

Ustod debdir: — Yo‘lga kirolmasliging, Jilov tutolmasligingni bilsang,— Joningga o‘qish ora kiradi!

Ustod aytibdir; — Odamlar seni bilmasligini qo‘y, O‘zing birovni bilmasligingdan kuy.

Ustod aytibdir: — Kelbati bo‘lib, Jur’ati bo‘lmagan kishi — o‘rgimchak uya ko‘ygan devorning tirqishi!

Ustod aytibdir: — Hokimi hak topilsa, Bir pusht o‘tmay, mutloq poklar tug‘iladi!

Ustod so‘zidirkim: — Qat’iyatli, Hamiyatli, Kamgap bilan Hamgap bo‘lsang, Hamdard topdim, deyaver!

Ustod so‘zidirkim: — Udumni bilgan, ulusni biladi!

Ustod aytibdir: — Yo‘lni to‘g‘ri tutsang, to‘q tutadi; Yeyishning payiga tushsang, Yo‘q etadi…

“Mana Buyuklar” kanali