Ustod aytibdir: — Ota-onangni tirik kuydirib, bedarak ketma; Ketsang… Manzil tut, muqim tur, nazardan yitma!

Sen menga muayyan bir xalqning tili, yozuvi gapiradigan soʻzi yoki boshqa jihatlarini koʻrsatsang, senga bu xalqni qanday oson idora qilish mumkinligini aytaman.

Bilishini biladiganning ortidan ergashing, bilishini bilmaydiganni ogohlantiring, bilmasligini biladiganni o'rgating, bilmasligini bilmaydigandan qoching

Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.

Ustod aytibdir: — Har uch o‘tkinchidan biri menga pirdir; To‘g‘ridan qo‘l olaman. Bukridan bukilmaslikni o‘rganaman. Egridan uyalaman.

Kamolotga erishish uchun, avvalo qalb pokizaligi haqida o’ylash kerak. Qalb pokizaligiga esa yurak haqiqatni izlaganda va Ruh oriflikka intilgan taqdirdagina erishiladi. Bularning barchasi haqiqiy bilimga bog’liqdir.

Ustod debdir: — Ko‘kdan uzilsa ko‘ngil, Suvdan kutmasam ko‘klik,— O‘lganim o‘shal kundir!

Ustodning so‘zikim: — So‘ngsiz o‘yga botib, yoddan toymaslik, O‘qib to‘ymaslik, Boshqalarni yo‘lga boshqarishni qo‘ymaslik, — E voh, bu xislatdan uzlatdaman, egam!…

Ustod aytibdir: — Odamning so‘zini bilmay, O‘zini bilolmaysan. Rusumini bilmay, El orasiga kirolmaysan!

Ustod ta’biricha: — Eskini e’zozlab, yangiga yetgan, — Ilmda muallim o‘rniga o‘tgan.

Ustoz aytibdir: — Birov bilmaganiga emas, Qo‘limdan kelmaganiga kuyaman!..

Qorong'ulikni la'natlab yurgandan ko'ra bitta shamni yoqish osonroq.

Ustod aytibdir: — Boylik to‘g‘ri taqsimlansa, Kambag‘al qaydan bo‘lsin?! Boshi qovushgan el nega kam bo‘lsin?! Yuqori-quyi tabaqa hamoqat bo‘lsa, taxtni kim to‘ntarsin?!

Agar o’qisang-u o’ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o’ylasang-u o’qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

Ustodning aytishicha: —Xotin-xalaj bilan ishlash qiyin —Yaqinlashsang, quloq osmay ko‘yadi; Uzoq tursang, odamoviga yo‘yadi…

“Mana Buyuklar” kanali