Agar biz butun dunyoda tinchlik o‘rnatishni istasak, ishni bolalar tarbiyasidan boshlashimiz zarur.

Dunyoni o‘zgartirish istagidagi inson avvalo o‘zi o‘zgarmog‘i lozim.

Jazolashdan ko‘ra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir.

Sivilizatsiya so‘ziniig tom ma’nosi ehtiyojlarning kuchayishi emas, balki o‘z xohishlarini ixtiyoriy va yaxshi o‘ylagan holda tiyishdan iboratdir.

Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganda ko‘proq foyda olaman.

Bir xil toifa kishilar o‘z fuqarolarini kamsitib, buni sharaf deb bilishlari menga hamisha aql bovar qilmaydigan hol bo‘lib tuyuladi.

“Mana Buyuklar” kanali