Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi.
Jiddiy jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish salomat bo’lish imkoniyatini oshiradi, jiddiy aqlingizni mashq qilish esa boy bo’lish imkoniyatingizni oshiradi
Shaxsiy biznesni boshlash – samolyotdan parashyutsiz sakrashga o‘xshaydi. Yiqilayotib, tadbirkor havoda “o‘ziga parashyut tikish”ni boshlaydi, buni amalga oshirish va parashyut yerga qulab tushguniga qadar ulgurishga umid qiladi
Qancha pul topishingiz muhim emas. Eng muhimi - qanchasi qolishi, ular qanday ishlashi va kelajakda nechta avlodingizga yetishi.
Zamonaviy, tezkorlik bilan o‘zgaruvchan dunyoda bilishingiz muhim emas, chunki bilimlar tezda eskirmoqda. Ularni o‘zlashtirish tezkorligi muhim sanaladi.
Imkoniyatlar keladi, ketadi; tezkor qarorlarni qabul qila olish esa juda muhim.
Moliyaviy ikki muammo bor: biri - uning yetishmasligi, ikkinchisi esa - uni juda ham ko'pligi. Qaysi birini tanlagan bo'lar edingiz?