Sabr qilaman, toki sabr sabrimdan charchaguncha
O'tib ketgan vaqt emas, u umrdir.
O'qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir.
Ilmiga amal qilmagan olim
johillar qatoriga kiradi.
Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshidir.
G‘azab vaqtidagi ozgina sabr, keladigan minglab afsuslarni oldini oladi.
Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va
hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim
berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim
olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr
qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin.
Ilm - kambag'alga boylik, boyga esa ziynatdir!
Bizning eng katta xatoyimiz boshqalarning xatosiga bo’lgan qiziqishimizdir.
Boylik ehson qilinsa - izzat, berkitilsa - xorlik keltiradi.
Biz ilmni dunyo uchun o'qigan edik, ilm esa bizga dunyoni unuttirdi.
Ilm bog'i, Jannat bog'idir.
Bir ishni qilishdan oldin chora-tadbir ko‘rish insonni pushaymonlikdan qutqaradi.
Eng ezgu ehson hojatmandga berilganidir.
Modomiki, Allohdan boshqadan umid qilmas ekansan, Allohdan boshqadan ham qo'rqma.
Eng yomon kamchiligimiz - boshqalarning xatolariga qiziqishimiz.