Bu olamda faqat uch narsa menga yupanch bo’la oladi: mening Shopengauerim, Shuman va yolg’izlikdagi sayrlar.
Axloqiylik majburiyatni keltirib chiqaradi. Keyinchalik u odatga aylanadi, undan so’ngroq esa u ixtiyoriy itoatkorlikka va nihoyat, tabiiy maylga aylanadi.
Isyon – qul uchun shon-shavkat.
Kimdir bizdan uzr so’ramoqchi bo’lsa, bu ishni o’ta mohirona bajarmog’i kerak. Aks holda, biz o’zimizni aybdordek noqulay his etamiz.
Sen uni o’z tarafingga og’dirmoqchimisan? U holda uning huzurida o’zingni dovdirayotgandek tut.
Meni yaxshi o’qishni o’rganing!