Qozi besh bodiring yesa gar pora, Yuz poliz hukmiga topadi chora.

G’anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu chinakam haq yo‘ldir

Qaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.

Mo'lu ko'l , kattakon amalga mingach , Do'stini tanimas, ko'zin bosib yog'.Oshnolar yoniga xasrat-la borur ,Amaldan haydalib,ojiz qolgan chog'.

Musofirlar mehmonga sen yor bo'l, Biroq bo'lmasin makri, hushyor bo`l.

Solmagin zaiflar diliga alam, Zo‘rroqning jabriga yo‘liqma sen ham.

G’azab o‘ti oldin egasini yondiradi, keyin uchquni dushmanlariga yo yetadi, yo yetmaydi.

Chumoliga o‘xshab tashib, ye bukun, Seni go‘rda qurtlar yemasdan burun.

Istar esang otangdan meros, Bog'la otang ilmiga ihlos.

Haddan oshgan g‘azab qo‘rquv tug‘dirar, me’yorsiz erkalash olomon ko‘z o‘ngida obro‘yingni to‘kur.

“Mana Buyuklar” kanali