Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Yaxshilik haqida o‘ylashlik o‘sha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, o‘sha yomonlikni tark etishga chorlaydi.
Yaxshi fazilat yolg‘iz bo‘lmaydi, albatta, uning qo‘shnisi ham bo‘ladi.
Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.
Tabiat — yaxshilik va go‘zallikning bevosita ifodasi
Yaxshilik va osoyishtalikda barcha senga do‘st-birodar bo‘lar. Dard va g‘amda, Allohdan boshqa kim yaqining bo‘lar?
Одам ҳамиша бошқаларга яхшилик кўрсатиши керак. Агар яхшилик қилиш имконига эга бўлмаса, яхши тилаклар изҳор этсин
Бу гулшан ичра йўқдур бақо гулига сабот,
Ажаб саодат эрур қолса яхшилиқ била от.
Yaxshilik qil, yomonlikdan saqlan. Sen yonlaridan turib ketganingda u yerdagi odamlar sen haqingda gapirishlarini hohlaganing, qulog'ingga yoqib tushadigan ishlarni qil. Va sen yo'g'ingda gapirishlarini hohlamaganing amallarni qilishdan saqlan.
Яхшилик – ёмонликни тарк этмакдир.
Kimning ko‘ziga faqat o‘z yaxshiliklari ko‘rinsa, u odamlar nafratiga mubtalo bo‘ladi, agar faqat o‘z yomonliklari ko‘rinsa, odamlar nafratidan emin bo‘ladi.
Yaxshilikni shaxsiy manfaat ko'zlamay, faqat yaxshilik bo'lsin, deya qilmog'imiz lozim.
Вақти-соати ўтгандан сўнг ижро бўладиган ваъдадан ҳеч бир яхшилик бўлмас.
Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir.
Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabidur.