Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir.
Yaxshi yashagan odamni ko'rolmaymiz. Chunki, u odam tuni bilan ishlaydi, farzandlarini, nabiralarini o'ylaydi. Bunisi esa kuni bilan uxlab yaxshi yashamoqchi bo'ladi.
Ustod yovvoyilar orasiga borib yashashni ixtiyor etdi.
Birov aytdiki:
— Bunga yo‘l qo‘ymaymiz! Ular yomon odamlar!
Ustod shunday debdir:
— Bu qanday gap?
O‘zing yaxshi bo‘lsang, yomon nima qilsin?
Sabr qilmoq yaxshi, ammo bu "olma pish, og‘zimga tush" degani emas-ku. Zero inson to oxirgi nafasiga qadar o‘z orzulari ortidan mehnat-u harakatda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.