Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir.
Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.
Tilning vazifasi shuki, unda kishi bir narsani aytganda boshqasi haligining maqsadini darhol anglashi kerak.
Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.
Одам — тили билан бошқа ҳайвонлардан имтиёзлидир. Унинг тили орқали бошқа одамлардан афзаллиги билинади. Тил — шунча шарафи билан нутқнинг қуролидир. Агар нутқ номаъқул бўлиб чиқса — тилнинг офатидир.
Dili va tili bir bo‘lmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanalgay.
Til — so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir.
Kimki o‘zga tillarni bilmas ekan, o‘z tili haqida ham tasavvurga ega bo‘lmaydi.
Tiliga hokim bo‘lmagan insondan – do‘st, ko‘ziga hokim bo‘lmagan insondan – yor bo‘lmas.
Matematika shunday tilki- barcha aniq fanlar shu tilda gapiradi.
Tilning tavakkuli da’vo qiladi, qalbning tavakkuli ma’no beradi.
Har til — ko‘ngilning pardasidir. Parda qimirladimi, sirlar ochiladi.
Til qozonning qopqog‘iga o‘xshaydi. Qimirlab hidi taraldimi, nima pishayotganini bilib olaverasan.
Tilingdan chiqqan sadaqang(ya'ni, pandu nasihating va ma'viza-yu hasanang) ba'zan qo'lingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir.
Tili buzuq so'zlarga o'rgangan kishi Qiyomatda it suratida yoki it qornida keltiriladi.