Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.
Кишиким қилса олимларга таъзим,
Андоқки қилур пайғамбарга таъзим.
Ilmiga amal qilmagan olim
johillar qatoriga kiradi.
Kitobi yo'q olim johillar qatoriga kiradi.
Dunyo – olimning qiymatsiz o‘yinchog‘i, ahmoqning esa qiymatli arg‘imchog‘i.
Kitobi yo‘q olim - mevasiz daraxt.
Ilmiga amal qilmagan olim boshqani kiyintirgan
holda o‘zi yalang‘och qolgan ignaga o‘xshaydi.
Olim kerakki, o‘z ilmining poya va miqdorini asragay, gavharni imtihon uchun toshga urmagay.
Dunyoda olimlarning xushomadgo‘yligi bo‘lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qilolmasdilar.
Donishmand va olimlarning xulqlaridan o’rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo’q qiladi.
Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va
hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim
berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim
olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr
qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin.
Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqmog‘i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi.
Ulug‘ kishilarni mehnat yetiltiradi.
Haq taolo har zamonda olimlarni o‘shal zamona xalq
ining amallariga munosib so‘zlar bilan gapirtirib
qo‘yadi.