O’z vaqtida qilinmagan ish muammoga aylanadi.

Qarama-qarshi fikrlar o‘rtasida haqiqat yotadi deydilar. Bo‘lmagan gap! Ular o‘rtasida muammo yotadi.

Muammolarning muammosi — odam. Odamni chinakamiga aks ettirar ekansan, uning qilmish-qidirmishlaridan muammolar kelib chiqaveradi. O‘sha muammolarni hal etish esa... sening ishing emas: uni hayot hal etadi va pirovardi, o‘sha “hal etilish” jarayoni yana adabiyotda aks etishi mumkin.

Muammolar aqlli insonlarni chora ko'rishga, Nodonlarni esa tushkunlikka tushishga undaydi.

Inson jahon muammolarini hal qilish uchun tug‘ilmagandir, balki?

Moliyaviy ikki muammo bor: biri - uning yetishmasligi, ikkinchisi esa - uni juda ham ko'pligi. Qaysi birini tanlagan bo'lar edingiz?

“Mana Buyuklar” kanali