Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o‘zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt.
Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.
Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur.
Tayoq bilan gilamga urishdan maqsad-gilamni kaltaklash emas, changini olishdir. Alloh senga dard-qiyinchilik berib kiringni olgay. Axir nega g'am yemoqdasan?
Sabr qilmoq yaxshi, ammo bu "olma pish, og‘zimga tush" degani emas-ku. Zero inson to oxirgi nafasiga qadar o‘z orzulari ortidan mehnat-u harakatda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Maqsadim - qashshoqlikka yuz tutmay, isrofgarchilikka yo’l qo’ymay, o’zgalarga buyruq bermay, birovlarga tobe bo’lmay yashash.