Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Aql qo‘ydir, nafs bo‘ri, iymon esa cho‘pon. Agar iymon kuchli bo‘lmasa, nafs aqlni yeydi.

Yomon so'zki kelib jong'a urgay, ki jondin ham o'tub imong'a urg'ay

Ro‘za tutish - qiyindir, azobdir. Ammo Alloh bandasini O‘zidan uzoqlashtirishidan, bir dardga giriftor qilishidan ko‘ra yaxshiroqdir.

Iymon - ko'rolmaganlariga ishonmoq, bu iymonning mukofoti esa ishonganlarimizni ko'rishligimizdir.

Ey insonlar, yolg‘onchilikdan saqlaninglar, yolg‘on gapirish iymondan chekinishdir.

Кимки жаҳон аҳлида инсон эрур, Билки, нишона анга иймон эрур.

Aqlni ota-onangdan topolmagan bo‘lsang, ko‘chadan qidirma, kitobdan qidir, ustoz-muallimdan qidir. Bulardan ham topolmasang, Qur’oni Karimdan qidir, hadisi sharifdan qidir! Demak, sen iymonga muhtojsan!

Iymon namozdan yaxshiroqdir. Chunki namoz besh mahal farz, iymon esa har doim.

Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri aql, uchdan biri jo‘mardlikdir

Ko'ngil uyini iymon nuri bilan to'ldirgan inson eng baxtiyor insondir.

Kufr bilan iymon, tuxumning oqi bilan sarig‘iga o‘xshaydi.

Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar. Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi.

Uyatli ish qiluvchi avvalo o‘zidan uyalishi kerak

Iymon bilan yashaguvchi, nohaqlikka chidolmovchi, xo‘rlik — zolimlikdan nafratlanuvchi, chin inson bo‘lib yashaguvchi zot — asl ziyolidir!

“Mana Buyuklar” kanali