Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
Hayot choraklardan iborat emas, unda ta’til, sen bilan alohida ishlaydigan muallim yoki rahbar bo‘lmaydi. Vazifalarni shaxsan o‘z kuching bilan va o‘z vaqtida bajarishing shart.
Эng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilar-dir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta`sir ko`rsatadi.
Agarda muallim bo'lsa beozor,
Darsxonani qilgay bolalar bozor.
Ota-ona vujud me'mori bo'lsa, muallim qalb me'moridir.
Aqlni ota-onangdan topolmagan bo‘lsang, ko‘chadan qidirma, kitobdan qidir, ustoz-muallimdan qidir. Bulardan ham topolmasang, Qur’oni Karimdan qidir, hadisi sharifdan qidir! Demak, sen iymonga muhtojsan!
O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq
Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil — muallim, uning tafakkur dunyosidir.
Ustod ta’biricha:
— Eskini e’zozlab, yangiga yetgan, —
Ilmda muallim o‘rniga o‘tgan.
Hayot seni ehtimol o‘z oldiga o‘tkazar,
Undan yaxshi muallim topmasliging muqarrar.