Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir
O'qimagan kishi uchun hech bir kitob yozilmagan, tinglamagan kishi uchun hech bir hikmat aytilmagan.
Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin
Shunaqangi lo‘nda hikmatli so‘zlar yoki maqollar borki, ularni hamma biladi va hamma foydalanadi.
Agar bunday hikmatli so‘zlarga barcha kishilar ishonishmaganda edi, ular asrlardan-asrlarga o‘tib
kelmasdi
Lo‘nda hikmatli so‘zlar kishilarning miyasiga singib qoladi, ildiz otib, gullaydi, hosil beradi va hamisha ta’sir ko‘rsatib boradi.
Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat — donishmandlik deyiladi.
Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek.
Har kuni aqalli bitta qo‘shiq eshitish, yaxshi rasm ko‘rish va iloji bo‘lsa, istagan bir hikmatli so‘zni o‘qib olish darkor.
Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud (nopokliklardan) tozalanishdir.
Kimning kalomi hikmat bo‘lmasa, u lag‘vdir (foydasiz), kimning sukuti tafakkur bo‘lmasa, u sahvdir (yanglish), kimning nazari ibrat bo‘lmasa, u lahvdir (o‘yindir).
Чаласавод киши ўзидан паст, нима деса «ҳикмат» деб турадиган одамлар билан улфатчилик қилишга мойилроқ бўлади.
Kimniki qo‘lidan xayr-barakali va purhikmat ishlar kelmasa, uning nasabining sharifligi-yu, ulug‘ligi foyda keltirmas.
Jahon boshdan-oyoq hikmat-ku, hikmat,
Nechun g'aflat bo’lmish bizlarga qismat.
Parvonadan yonishning hikmatini o‘rgan.