Oz-oz o'rganib dono bulur.

Image

O‘xshashlari

Ilm - narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.

Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar.

Ilmni fursat bo'lganda o'rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo'lgan paytda fursat topilmaydi.

Qanday o'rganishni biling. Keyin o'rganishni hohlang.

Men har doim qanaqadir yangi narsani o'rganishga qiziqaman.

Qushlar kabi havoda uchishni o‘rgandik. Baliqlar kabi dengizlarda suzishni o‘rgandik. Lekin hozirgacha yer yuzida aka-ukadek yashashni o‘rganmadik.

Gapirishni o'rganibdimi - demak katta bo'libdi, Jim turishni o'rganibdimi - demak dono bo'libdi.

O'rganish hech qachon miyani toliqtirmaydi.

O`rganish hech qachon kech emas.

O'rgatmoq uchun so'kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas.

Kimki hech narsani qiziqib so'ramasa, hech narsani o'rganmaydi ham.

O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir.

Tarixni o‘rganing, jamiyatdagi barcha muammolarning yechimi tarixda mavjud.

Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.

O'zingiz o'rganing! Hayot o'rgatishini kutmang!

Odamlar o’rgangan, odatlangan va ko’pchilikka ma’qul bo’lgan narsaga (ko’r-ko’rona) qarshilik ko’rsatma

O'rganish aqlni hech qachon charchatmaydi

Sizning eng baxtsiz mijozlaringiz - sizning eng katta o'rganish manbangiz hisoblanadi

Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.

Ilm o'qub amal qilmag'on, kariz qazib tuxum solmag'ong'a o'xshar.

“Mana Buyuklar” kanali