Inson jahon muammolarini hal qilish uchun tug‘ilmagandir, balki?

Image

Gyote

Nemis faylasufi Iogann Volfgang Gyote Frankfurt shahrida (1749-1832) tug‘ilib o‘sdi. U 17 yoshida huquqni o‘rganish maqsadida Leyptsig shahriga jo‘naydi. Keyin Stasburgda tahsil oladi. 21 yoshida Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) bilan uchrashadi. 1775 yilning 7 noyabrida yosh daho Gyote gertsog Karl Avgust taklifiga binoan Veymarga keladi. U gertsogning maxfiy maslahatchisi lavozimini ado etib, ma’muriy boshqaruv san’atiga doir mo‘‘jizalarni namoyish etishga muvaffaq bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida mukammal tartib-intizom o‘rnatib, davlat xazinasini boyitadi. Gyote bashoratchilik qobiliyatiga ham ega edi. U ko‘p voqealarni oldindan aytib bergan va hech qachon adashmagan. Gyotening tabiatida beqarorlik, jizzakilik, yengiltaklik kabi xususiyatlar ham bo‘lganidan atrofdagilar uni badfe’l odam deb hisoblashgan. Gyote 3000 dan ziyod she’rlar muallifi. Uning Veymarda chop etilgan asarlar to‘plami 143 jilddan iborat. Quyida ularning eng asosiylarini sanab o‘tamiz: «Tavrida ifigeniyasi» (1787), «Rim elegiyalari» (1788), «Torkvato Tasso» (1796), «Nabotot evrilishi» (1790), «Faust» (1808), «Sehrli sibizg‘a», «Rang haqida ta’limot». 1797-1817 yillarda Gyote Veymar teatrini boshqargan. 1794 yili Iogann Fridrix Shiller (1759-1805) bilan tanishgan. 1808 yilda Napoleon bilan uchrashgan. Gyote og‘ir sil xastaligi bilan og‘rigan. Shunday vaqtlar bo‘lganki, tomog‘idan qon quyulib kelgan, ammo shunga qaramay, u 83 yillik umrini mutlaqo sog‘lom odamdek yashab o‘tgan. Salomatligini mustahkamlash va tabiatidagi nuqsonlarni yengishda yuksak irodasini, sabot-matonatini namoyish etib, zamondoshlarini hayratga solgan. Gyote haqidagi ma’lumotlarning bizga to‘laligicha yetib kelishida uning xonadonida yordamchi-kotib bo‘lib ishlagan yosh adabiyotshunos Iogann Peter Ekkermanning xizmatlari katta. Manbalarga ko‘ra, Gyote qo‘l urmagan kasb bo‘lmagan: u portretnavis, manzaranavis rassom, haykaltarosh, me’mor, tanqidchi, xotiranavis, publitsist, aktyor, rejissyor, teatr direktori, muqovachi, zargar, kimyogar, anatom, botanik, fizik, geolog, optik, faylasuf, falakshunos, muarrix, san’atshunos, davlat arbobi, moliyachi, kutubxona mudiri ham bo‘lgan.

O‘xshashlari

Кимки жаҳон аҳлида инсон эрур, Билки, нишона анга иймон эрур.

Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.

Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Odamgarchilikka intilish insonni barcha yomonliklardan qaytaradi.

Odam o‘zining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi bo‘lishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.

Biron bir haqiqat yo'qki, uni butun bir insoniyat birdek qabul qilsa!

Insonlar o'zlarini odobliman deb hisoblay boshlagan zahoti hayotga halaqit berishni boshlashadi.

O'z dushmanlaridan nafratlanish uchun insonning aqli yetarli bo'lishi kerak.

O'qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir.

O'zini aybini bilganda odam, Boshqalar aybini so'zlamasdi ham.

Inson yiqilib qayta tursa bu - fizika emas. Bu - xarakter.

Faqat hech narsa qilmaydigan insongina adashmaydi.

Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.

Doimo olg‘a intilish – inson tabiatining asosi.

Inson uchun faqat birgina baxtsizlik mavjud. U ham bo‘lsa, hayotga hech bir foydasi tegmaydigan yoki mehnatdan chalg‘itadigan g‘oya bilan band bo‘lish.

Tarbiya ta'limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi.

Inson tarbiyasining bosh yo'li ishonchdir.

Hech qachon xato qilmagan inson, hech qachon yangi narsaga harakat qilmagan insondir.

Insonning eski choponda yurgani ­birovning yangi to‘nini kiyib yurganidan yaxshiroq.

“Mana Buyuklar” kanali