Bizning farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart.

Biz hech qachon hech kimdan kam bo'lmaganmiz va kam bo'lmaymiz ham!.

Dunyo binolari ichida eng buyugi maktab bo‘lsa, kasblarning orasida eng sharaflisi o‘qituvchi va murabbiylikdir.

Maʼnaviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.

Maʼlumki, oʻzlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar oʻrtasidagi ruhiy-maʼnaviy bogʻliqlik til orqali namoyon boʻladi.

Inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuygusi ildiz otib,ulg'aya boradi.Bu ildiz qancha teran bo'lsa,tug'ilib o'sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo'ladi

Ota-ona vujud me'mori bo'lsa, muallim qalb me'moridir.

Bizni savodsizga chiqarganlarning ajdodlari oyog'iga latta bog'lab yurganda,bizning ota-bobolarimiz yulduz sanagan.

Islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun.

Agar biz: 1.Ahil bo'lsak 2.El-yurt manfaati yo'lida bir tanu bir jon bo'lib yashasak 3.O'zimizdan sotqin chiqmasa O'ZBEK xalqini hech kim,hech qachon yenga olmaydi.

Men hech narsadan qo'rqmayman, nimaga deganda hayotimizni shunday relsga qo'yamizki, bu rels o'zining, oldinga maqsadi bor.Bu manzil erkinlik,ozodlik va barqaror yashash.

Hali suyagi qotmagan farzandlarimizni o'z holiga tashlab qo'ysak, tarbiyasi, ilmi va ma'naviyati bilan shug'ullanmasak, kelajakda ularning komil insonlar bo'lib yetishmog'iga kim kafolat bera oladi? Biz jamiyatimiz, davlatimiz kelajagini kimlarning qo'liga topshiramiz?

Alloh – qalbimizda, yuragimizda.

Hech qachon bo'sh kelmang aziz bolalarim ertangi kun bizniki, marra bizniki.

O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo'lmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali