Shirin so'z so'zlagan kishi hech kimdan yomon so'z eshitmaydi

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, shundan bilursankim ilm bepoyon.

O'zini aybini bilganda odam, Boshqalar aybini so'zlamasdi ham.

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma

Shubxa yo'q, ilmdan tirikdir inson, Mashaqqat mexnatni yengadi oson.

Yoshlik bahorga, keksalik esa qishga o‘xshaydi. Lekin shunday qishki, orqasidan bahor kelmaydi.

Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi

Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.

Taqdir yomonliqni ko'rganda ravo, Saboq ol, undan ham yog'ilsin ziyo.

Aql ulug’likka etadi payvand, Aqlsizning doim oyog'ida band.

Qiyin mehnatga ko'rsatib sabot, Ilmdan qidirgil hojatga najot.

Agar aqli xira bo'lsa har inson, Shodlikka erisha olmas bir zamon.

Doimo kulib turuvchi erning xotini dunyoda eng yaxshi xotindir.

O‘z yovin parvarish qilgan odam xom, Jahonda chiqarar axmoq degan nom.

Jahon boshdan-oyoq hikmat-ku, hikmat, Nechun g'aflat bo’lmish bizlarga qismat.

“Mana Buyuklar” kanali