Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir
Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir.
Maktab misni tillo qilur,
Maktab sizni mullo qilur
Tug`ib tashlash bilan bo`lmas bola, bo`lg`ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa bo`lur ul rahnamo sizga
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lg`usi zolim.
Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim
Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir.
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir.
Эng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilar-dir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta`sir ko`rsatadi.
Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi
bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan
jon ila tan kabidir.
Dangasalik har vaqt insonni xor qilur.
Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabidur.
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir
qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas
bir vazifadur.
Bargi daraxton sabz dar nazari hushyor,
Har varaqash tabiati ro`zg`or
Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar.
Kerak tarbiyat yoshlikdan kerak,
Ulug‘ bo‘lsa lozim kelur g‘am yemak.