Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Ilm - narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.
Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab in’om etuvchi vositadir.
Qanoat deb, o‘ziga kifoya qiladigan narsaga erishishga aytiladi; buni bo‘shashganlik ham deyishadi. Qanoat kamtarlik va uncha-muncha narsani nazarga ilmaydigan xislat bilan hirs o‘rtasida bo‘ladi.
Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.
Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.
Hayo - insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi.
Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar.
Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, kishi ming yil yashagan bo‘lardi.
His ichki ruhga qattiqroq ta’sir etadi va uni harakatga solishda aqldan kuchliroqdir.
Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir.
So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.
Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.
Vahima qilish yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim sog‘likdir. Sabr esa shifoning boshlanishidir.
Farosat — sezgidan keladigan ishoraning asl ma’nosiga tezda yetishmoqqa aytiladi.