Qalb oynasining sof bo‘lishi, xunukdan go‘zalni ajarata olishi uchun kerak.

Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Yo asling kabi ko`rin yo ko`ringaning kabi bo`l.

Har narsaga siqilma ey ko‘ngil, na bu dardlar qoluvchi, na bu umr.

Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.

Aql qo‘ydir, nafs bo‘ri, iymon esa cho‘pon. Agar iymon kuchli bo‘lmasa, nafs aqlni yeydi.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat.

Odob – beodobni har bir odobsizligiga sabr-toqat qilishdir.

To‘g‘rilik Musoning asosi kabidir. Egrilik esa sehrgarlarning sehrlariga o‘xshaydi. To‘g‘rilik o‘rtaga chiqqach, barcha egriliklarni yutib yuboradi.

Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.

Baxtli oila qurishning ikki sharti bordir: 1.Yaxshi turmush o'rtog'ini tanlay bilmoq, 2.Yaxshi turmush o'rtog'i bo'lmoq.

Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir

Завқ ва орзулар зинапояга ўхшайди. Зиналар ўтириб, дам олишга мослашмаган. Умрни шу зиналарда беҳуда ўтказмаслик учун ғофилликдан тез уйғонган ва ҳаётнинг моҳиятини тўғри англаб етган одам нақадар бахтли!

O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.

Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.

“Mana Buyuklar” kanali